Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2015-2016 o‘quv yilida Yagona portalda talabalar uchun yangi xizmatlar ishga tushiriladi
2015-2016 o‘quv yilida talabalar uchun “Talabalar turar joyida yashash uchun onlayn ariza yuborish”, “Talabalar turar joyi uchun elektron to‘lov”, “Magistraturaga kirish uchun onlayn ariza yuborish” kabi elektron xizmatlar ishga tushiriladi.
“Talabalar turar joyida yashash uchun elektron ariza yuborish” xizmati interaktiv xizmat hisoblanib, oliy ta'lim muassasalariga yangi o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun mo‘ljallangan. Talabalar mazkur xizmatdan onlayn tarzda ariza berishlari va bo‘sh yashash joyi mavjudligi to‘g‘risida ma'lumot olishlari mumkin. Ushbu interaktiv xizmatdan 2015-2016 o‘quv yili boshida (test sinovlari e'lon qilingandan so‘ng) foydalanish mumkin.
“Talabalar turar joylari uchun elektron to‘lov” interaktiv xizmati oliy ta'lim muassasalariga yangi o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun mo‘ljallangan. Talabalar mazkur xizmatdan onlayn tarzda ariza berishlari va oliy ta'lim muassasasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng elektron to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. Ushbu interaktiv xizmatdan ham 2015-2016 o‘quv yili boshida (test sinovlari e'lon qilingandan so‘ng) foydalanish mumkin.
“Magistraturaga o‘qishga kirish uchun onlayn hujjat topshirish” interaktiv xizmati oliy ta'lim muassasalarining Magistratura bo‘limiga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish jarayonini olib boradi. Ushbu interaktiv xizmat Bakalavr yo‘nalishlarini tamomlagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Xizmat kelgusida ishga tushadi.
Hozirda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida faqatgina “Abituriyentlar hujjatlari to‘plamini qaytarib olish uchun elektron ariza berish” xizmati joriy qilingan.
Bunda Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan hujjatlar to‘plamini imtihon natijalari e'lon qilingandan so‘ng qaytarib olish zaruriyati tug‘ilganda, abituriyentlar Yagona portal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ariza yuborishi mumkin. Joriy etilgan yangi xizmat viloyatlarda, oliy o‘quv yurtidan olisda istiqomat qiluvchi abituriyentlar uchun hujjatlar to‘plamini qaytarib olishda qulay imkoniyat yaratadi. Xizmat natijasiga ko‘ra, abituriyentga buyurtma pochta orqali hujjatlar to‘plami qaytariladi. Arizachi yashash manziliga yaqin bo‘lgan pochta bo‘limlariga tashrif buyurib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etgan holda hujjatlarni olishi mumkin.