Jahon | 06:20 / 05.08.2015
2106
2 daqiqa o‘qiladi

Al-Kuvaytda masjiddagi teraktga aloqador bo‘lgan shaxslar ustidan sud ishi boshlandi

Kuvayt poytaxti Al-Kuvaytda joriy yilning iyun oyi oxirida masjidda sodir etilgan terakt bo‘yicha sud ishi boshlandi. 29 sudlanuvchiga 27 kishining hayotiga zomin bo‘lgan masjidda sodir etilgan portlashga aloqadorlik bo‘yicha ayblov qo‘yildi. 

Gumon qilinayotganlar orasida 7 nafar Kuvayt fuqarosi, 5 nafar saudiyalik, 3 nafar pokistonlik va yana turli millatdagi 14 kishi (ulardan 13 nafari Kuvaytda noqonuniy yashagan) bor.

Kuvayt deputatlari ayblanuvchilarga oliy jazo – o‘lim jazosi tayinlanishini so‘ramoqdalar. “Mamlakat xavfsizligini qo‘porish va begunoh odamlarni qo‘rqitmoqchi bo‘lganlarni qattiqqo‘llik bilan jazolash kerak”, deb aytdi deputatlardan biri Sulton al-Luxaysim. Uning aytishicha, “ayblanuvchilar muqaddas ramazon oyida ibodat qilayotganlar begunoh odamlarning qotilligi uchun qatl etilishlari kerak”. 

Ma'lumot uchun, 26 iyunda terrorchi-xudkush Al-Kuvayt markazidagi As-Sobir tumanida joylashgan shialar masjidida bombani harakatga keltirgani oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan, 227 kishi jarohatlangan edi. Terakt uchun javbgarlikni “IShID” terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish