Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg Rossiya markaziy bankining rublni mustahkamlashdagi navbatdagi qadamlari qanday bo‘lishini bashorat qildi
Bloomberg agentligi Rossiya markaziy bankining rublni mustahkamlashdagi navbatdagi qadamlari qanday bo‘lishi haqida ekspertlar fikrini e'lon qildi.
Ularning fikricha, markaziy bank bu yo‘lda valyutada o‘tkaziladigan RePO yillik kim oshdi savdolarini qayta ishga tushiradi. Bu fikrni so‘rovdan o‘tgan 17 mutaxassisdan 14 nafari qo‘llab-quvvatlagan.
Bundan tashqari, bank asosiy stavkani tushirishdan voz kechib, maqsadli valyuta intervensiyalariga o‘tishi mumkin. Bu fikrni BNP Paribas SA mutaxassislari yoqlab chiqdi.
Royal Bank of Scotland Group ekspertlari, o‘z navbatida, neftning narxi 50 dollar/barreldan pastga tushgan taqdirda Rossiya regulyatori verbal intervensiyalarga o‘tishi mumkinligiga ishonch bildirishdi.