Jahon | 19:29 / 05.08.2015
4493
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyadagi observatoriya Toshkent observatoriyasining sobiq direktori nomi bilan ataldi

Braziliyadagi observatoriya Toshkent observatoriyasining sobiq direktori Aleksandr Postoyevning nomi bilan ataldi.

Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti direktori Shuhrat Egamberdiyev ma'lum qildi.

Xarkov va Leningrad universitetlari bitiruvchisi Aleksandr Postoyev 1928 yilda Toshkentga ko‘chib o‘tgan. 1930 yildan Toshkent observatoriyasida direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 1935 yildan direktor lavozimlarida ishlagan. Shu yilning o‘zida fizika-matematika fanlari nomzodi va Xalqaro astronomik ittifoq a'zosi bo‘lgan.

1936 yil 20 maydan 1939 yil 12 iyungacha siyosiy tahqirlovlar sababli axloq-tuzatish lagerlarida ozodlikdan mahrum etilgan. 1943 yilda Sobiq ittifoqni tark etgan. 1945 yildan germaniyada yashagan. 1945-1945 yillar davomida BMTning qochoqlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan. 1952 yilda Braziliyaga migratsiya qilgan va bu yerda San-Paulu observatoriyasida ishlagan. Aynan shu observatoriya uning nomi bilan ataldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish