20:58 / 05.08.2015
4289

Donald Tramp Twitter’da odamlarni 54 marotaba “kaltafahm” deb atagani ma'lum bo‘ldi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti mavjud bo‘lgan davr mobaynida 54 marotaba turli odamlarni “kaltafahm” deb atagan, deb ma'lum qilmoqda The Verge portali.

Portal Trampning tvitterdagi akkauntini tahlil qilib chiqdi va akkaunt olib borilgan butun davr mobaynida Tramp o‘zining tvitlarida 54 marotaba kimnidir “kaltafahm” deb haqorat qilganini aniqlagan.

Shu bilan birga mikroblogni bunday usulda yurgazish uning ommaviyligiga hech qancha xalaqit bermayapti. Bugungi kunda Trampning akkauntiga 3,44 mln kishi obuna bo‘lgan.

Top