07:41 / 05.08.2015
2618

Durov “VKontakte”ga Instagram oldidagi ko‘rquvi uchun dashnom berdi

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ining asoschilaridan biri Pavel Durov ijtimoiy tarmoq tomonidan Instagram’dagi suratlar chop etilishi xizmatining o‘chirilib qo‘yilishi raqobatchi xizmat oldidagi qo‘rquvni namoyish qiluvchi foydasiz qaror ekanligini ta'na qildi. Durov bu haqda o‘zining akkauntida yozgan.

Durov o‘z postining oxirida 3 avgustda ijtimoiy tarmoq tomonidan qayta chop etilishi o‘chirib qo‘yilgan Instagram xizmatidagi fotosuratga havola berilgan. Bu taqiqlov “VKontakte” kompaniyasida yaratilgan fotosuratlarni yaratish va joylashtirish uchun mo‘ljallangan Snapster dasturi ishga tushirilgandan keyin yuz berdi. Pavel Durov ijtimoiy tarmoqqa rahbarlik qilgan paytda shunga o‘xshash vaziyat “Vedomosti” nashri bilan yuz bergan edi. O‘sha vaziyatda ijtimoiy tarmoqda nashrga havolalar vaqtinchalik faolsizlashtirilgan edi.

Durov 2006-2014 yillar davomida “VKontakte”ga rahbarlik qilgan va uni ijtimoiy tarmoqdagi hamasoschilar ulushini sotib olgan yangi aksionerlar bilan chiqqan nizo sababli tark etgan edi. Durov ijtimoiy tarmoqdan ketgandan keyin Rossiyani tark etgan hamda Telegram messenjerini takomillashtirish bilan shug‘ullangan. 2014 yilning oxirida bu xizmat foydalanuvchilari u orqali kuniga milliarddan ortiq xabar jo‘natishgan.

Top