18:39 / 05.08.2015
2819

Gumrida qotillik qilgan rossiyalik harbiyning hibs muddati uzaytirildi

Sud Armanistonning Gumri shahrida bitta oila vakillarini o‘ldirgan rossiyalik harbiy Valeriy Permyakovning hibs muddatini uzaytirdi, deb xabar beradi TASS.

Endi u 2016 yil 30 yanvariga qadar hibsga tutib turiladi. Permyakov ishi bo‘yicha ochiq sud majlisi 12 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Permyakov arman oilasiga 12 yanvar kuni hujum qilgan. U 6 kishini o‘ldirgan. Tirik qolgan 6 oylik bola bir necha kundan so‘ng vafot etgan edi.

Top