Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kremlda rossiyalik harbiylar Suriyada “IShID”ga qarshi janglarda ishtirok etmasliklari ma'lum qilindi
Rossiyalik harbiylarning Suriyada “IShID”ga qarshi janglarda ishtirok etishlari haqidagi masala muhokama qilinmayapti, deb aytdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Peskovning aytishicha, Rossiya aviatsiyasi “IShID”ga qarshi jang olib borayotgan xalqaro koalitsiyaga ko‘mak ko‘rsatmaydi.
“Yo‘q, bu masala hech qanaqasiga muhokama qilinmaydi. Bunday masala kun tartibida yo‘q”, deb aytdi Peskov va Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Suriyaga Rossiya qo‘shinlarini yuborish haqida murojaat qilmagani ta'kidlab o‘tdi.