Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Yevropadagi eng yirik okeanografiya markazi ochiladi
Yevropadagi eng yirik okeanografiya ilmiy tadqiqot markazi Moskva shahrida ochiladi. “Moskvarium” nomli ushbu markaz chorshanba kuni ishga tushadi. Bu haqda markazning sayti orqali xabar qilinmoqda.
Xabarnomada aytilishicha, seshanba kuni markazga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashrif buyurdi. U dastlab 80 akvarium ichidagi dengiz jonivorlaridan iborat ekspozitsiyani ko‘zdan kechirdi. Unda Baykal va Galapagosdan, Islandiya fordlari va Katta Barer riflaridan, Grendlandiya va Kamchatkadan keltirilgan jami 350 turdagi baliqlar, mollyuskalar va bo‘g‘imoyoqlilar taqdim qilingan.
Hovuzlar bilan birga hisoblaganda, markazning umumiy maydoni 53 ming kv m ni tashkil qiladi. Undagi suv havzalari va akvariumlar 25 mln l suvni sig‘dira oladi.
Moskvarium hududi uchta zonaga bo‘lingan: akvariumlar hududi, suv shousi hududi va delfinlar bilan suzishga mo‘ljallangan yettita hovuz. 12 ming kv m ni o‘z ichiga oluvchi akvariumlar zonasida dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan 7 mingta dengiz jonivorlari yashaydi.