Sport | 22:04 / 05.08.2015
3339
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonadagi «triller» yoki 0:2 hisobida ortda qolgan «Astana» jamoasi yakunda 4:3 hisobida g‘alaba qildi

Yevropa Chempionlar ligasi 3-saralash bosqich javob uchrashuvlaridan o‘rin olgan "Astana" hamda XIK jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Unda 4:3 hisobi qayd etilib, qozog‘istonlik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Sababi, 42-daqiqaga kelib XIK 0:2 hisobida oldinga o‘tib olgandi. Ammo, barchasi shundan so‘ng o‘zgarib ketdi. Maydon egalari 14 daqiqa ichida uchta gol urishga erishdilar.

86-daqiqada XIK javob golini urib, hisobni 3:3 ko‘rinishiga olib keldi va keyingi bosqchiga chiqishga umid qilib turgandi. Boz ustiga "Astana" tarkibida bitta futbolchi maydondan chetlatildi.

Lekin, shu kuni ostonaliklarni to‘xtatib bo‘lmadi. 90+3 daqiqada Postnikov gol urib, jamoasi pley-off bosqichiga olib chiqdi.

Keyingi bosqichda jamoani "Manchester Yunayted", "Valensiya", "Bayyer", "Latsio", "Monako", "Sporting" kabi klublardan biri kutib turibdi.

"Astana" (Astana, Qozog‘iston) — XIK (Xelsinki, Finlyandiya) 4:3 (1:2)
Gollar: Djollou 4 (0:1), Baax 42 (0:2), Tvumasi 44 (1:2), Kanyas penalti 47 (2:2), Shomko 56 (3:2), Zeneli penalti 86 (3:3), Postnikov 90 (4:3)
"Astana": Erich, Anichich, Maksimovich, Jukov (Ketevoama 88), Nuserbayev (Beysebekov 60), Djolchiyev, Ilich (Kabananga 46), Tvumasi, Postnikov, Shomko, Kanyas
XIK: Erlunn, Baax, Xeykkinen, Tanaka, Xavenaar, Moren, Djallou (Mendi 78), Sorsa, Shyuller, Zeneli, Mussi
Ogohlantirishlar: Ilich 45 — Moren 75
Chetlatish: Tvumasi 71
Birinchi o‘yin: 0:0.

Manba: uff.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish