O‘zbekiston | 16:58 / 05.08.2015
13405
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi tezyurar poyezd marshruti ishga tushiriladi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan yangi tezyurar poyezd marshruti ishga tushiriladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i Sergey Dadayev «Samarkandskiy Vestnik» nashriga ma'lum qilgan.

«Aholi ehtiyojlari va mavjud transportlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlab turish uchun Afrosiyob tezyurar poyezdi kuniga ikki mahaladan harakat qilmoqda. Mustaqilligimizning 24 yilligiga yangi tezyurar marshrut ishga tushirilishi rejalashtirilgan», deydi Dadayev.

Dadayevning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan yetti oyi davomida korxonaning Samarqand filiali 332 651 nafar yo‘lovchining o‘z manziliga yetib borishini ta'minlagan.

«Hozirda «Samarqand» vokzali yurtimizning barcha hududlari yo‘nalishi bo‘yicha tranzit vazifasini bajarib kelmoqda. 2016 yilda mustaqillik bayrami arafasida bu yo‘nalishlarga Farg‘ona viloyati ham qo‘shiladi», deya ta'kidlab o‘tdi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi»ning Samarqand bo‘limi boshlig‘i.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish