Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 17:13 / 05.08.2015
1631
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonlik sportchi Yaponiyada o‘tgan qit'a chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Yaponiyaning Xirosima shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha qit'a chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston vakili Eduard Shaulov erkin mashq bajarishda shohsupaning uchinchi pog‘onasini egalladi. Uning chiqishini hakamlar hay'ati 14,575 ball bilan baholashgan.
Birinchi va ikkinchi o‘rinlar mezbon gimnastikachilarga nasib etdi. Shirai Kenzo va Xayasaka Naoto oltin hamda kumush medallariga egalik qilishgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish