Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yosh matematiklar xalqaro musobaqada sovrindor bo‘lishdi
27-31 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Chanchun shahrida matematika fanidan bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab, musobaqa kubogini qo‘lga kiritdi.
Mazkur intellektual bellashuvda o‘ttizga yaqin davlatdan olti yuzdan ortiq o‘quvchi qatnashdi, deb xabar beradi O‘zA.
Unda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan “Bilimlar bellashuvi”ning tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida faol qatnashgan 6-8-sinflarning 300 o‘quvchisidan iborat maxsus jamoa orasidan tanlov asosida saralab olingan to‘rt nafar o‘quvchiga algebra, geometriya, ehtimollar nazariyasi elementlari, matematik mantiq bo‘yicha ishtirok etishdi.
Natijada Xitoyda bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi 17-ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi Jahongir To‘rayev, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 8-sinf o‘quvchisi Abbos Sayliyev yakka tartibdagi bellashuvda kumush medalga loyiq topildi. Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktab-internatining 7-sinf o‘quvchisi Saydali Murodillayev, poytaxtimizdagi 50-ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi 7-sinf o‘quvchisi Robert Chestnov faxriy yorliq bilan taqdirlandi.