Jahon | 10:39 / 05.08.2015
3080
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Moskvadagi yangi okeanariumning ochilishida ishtirok etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida ochilgan okeanografiya va dengiz biologiyasi markazi “Moskvarium”ning ochilishida ishtirok etdi. Putinga piranyalarga ovqat berish jarayoni namoyish qilindi. Janubiy Amerika yirtqich baliqlari Putinda katta qiziqish uyg‘otdi. Rossiya rahbari, shuningdek, nerpalarning ham (tyulenlar oilasiga mansub sutemizuvchi hayvon) ovqatlanishi jarayonini tomosha qildi. Putinga Moskva meri Sergey Sobyanin hamrohlik qildi

Putin 80ta rezervuardan tashkil topgan katta eksprozitsiyaning qolgan qismlarini ham aylanib chiqdi. Bu yerda tropik flora va fauna, Grenlandiya va Kamchatka shimoliy dengizlarida yashovchi jami 350dan ortiq turdagi suv hayvonlari namoyish qilingan.
“Moskvarium”da kosatka, delfin, beluga va lamantin kabi yirik dengiz jonzotlari ham bor.
“Moskvarium” dengiz va okeanlardan olisda joylashgan Yevropadagi eng yirik okeanarium bo‘lib, shu kabi markazlar kabi shaffof devorlar bilan qoplangan tunnel ko‘rinishida qurilgan.
Okeanarium 5 avgustdan boshlab tashriflar uchun ochiq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish