Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi saylovlarda 34ta partiya ishtirok etadi
2015 yil 2 avgust holatiga ko‘ra Qirg‘izistonda 4 oktabr kuni o‘tadigan parlament saylovlarida 34ta partiya ishtirok etish niyatini bildirdi. Bu haqda markaziy saylov qo‘mitasi vakili Qanatbek Azizga tayangan holda “Vecherniy Bishkek” nashri xabar bermoqda.
Parlamentda jami 120 o‘rin mavjud. Qonunga binoan, partiyalar mamlakat rahbari Almazbek Atambayev tomonidan 28 iyulda saylov kunini belgilab berilishiga qadar 5 kun muddat ichida poygaga qo‘shilishlari kerak edi.
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati – 25 avgust. Partiyalar ularning nomlari saylov byulletenlariga kiritilishiga qadar poygadan chiqishlari mumkin.