Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:11 / 05.08.2015
3002
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘iston Qirg‘izistonning YeIIga kirishi haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qirg‘izistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. Qaror matni bugun rasmiy matbuotda chop etildi.
Qozog‘iston ushbu shartnomani ratifikatsiya qilgan oxirgi davlat bo‘lgan. Ungacha bu ishni Armaniston, Belarus va Rossiya amalga oshirgan edi.
Shuningdek, Nazarboyev YeIIning 2014 yil 29 mayidagi shartnomasiga o‘zgartishlar kiritish borasidagi bir qator bayonnomalarni imzoladi.