Jamiyat | 08:04 / 05.08.2015
8780
1 daqiqa o‘qiladi

Robert Dauni-kichkina dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan aktyorligi ma'lum bo‘ldi

"Temir odam" filmlari yulduzi Robert Dauni-kichkina yana bir bor Forbes ro‘yxatini boshqarmoqda.

U 2014 yilning iyun oyidan 2015 yilning iyunigacha 80 mln dollar atrofida pul ishlab topgan. Uning bu ko‘rsatkichiga "Qasoskor: Altron erasi" filmidagi ishtiroki sabab bo‘ldi.

Eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni xitoylik aktyor va jang san'atlari ustasi Jyeki Chan egallagan. U o‘tgan 1 yil davomida 59 mln dollar ishlab olgan.

"Forsaj" franshizasidagi asosiy ijrochilardan biri Vin Dizel esa oxirgi 1 yil davomida 47 mln dollar gonorar olish orqali ushbu ro‘yxatning uchinchi pog‘onasida qayd etilgan.

Bu ro‘yxatning o‘nligida Adam Sandler, Bredli Kuper va Tom Kruz kabi nomlarni ham ko‘rish mumkin.

Ma'lumot uchun, o‘tgan yilgi ro‘yxatda Leonardo di Kaprio yetakchilik qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish