Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sofiyaning TsSKA klubi muxlislari Isroilning “Ashdod” klubi o‘yinchilariga shisha idishlar uloqtirishdi
Sofiyaning TsSKA va Isroilning “Ashdod” klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi katta janjalga aylanib ketdi. Uchrashuv davomida “Ashdod” o‘yinchilari qo‘pol o‘ynaganlari uchun uchta qizil kartochka olishdi. Isroilliklarning navbatdagi qo‘polligidan keyin TsSKA fanatlarining asablari dosh bermadi. Bolgariya klubining muxlislari uchrashuvning oxirida isroillik futbolchilarga shisha idishlar uloqtirishdi, so‘ngra maydonga yugurib chiqib, raqib futbolchilarni quvlay ketishdi.
“Ashdod” futbolchilari tribunaosti xonasiga kirib ketmoqchi bo‘lishdi, biroq u yerning darvoza yopiq bo‘lgani sababli ular avtomobillar uchun mo‘ljallangan tunnelda berkinib olishga majbur bo‘ldilar.
Shundan so‘ng uchrashuv TsSKA foydasiga 1:0 hisobida to‘xtatib qo‘yildi.