15:00 / 05.08.2015
2262

Toshkent va Jazoir o‘zaro shartnomaviy-huquqiy bazani tashkil qilish masalalarini ko‘rib chiqdi

4 avgust kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Jazoit Xalq Demokratik Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulotda va muxtor elchisi Naser Busherit bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida o‘zaro shartnomaviy-huquqiy bazani tashkil qilish, hamda O‘zbekiston Respublikasi va Jazoirda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ko‘rgazma savdosi, yarmarka va biznes-forumlarda ishbilarmonlar sinfi vakillarini ishtirok etishi masalalari muhokama qilindi.

Top