“Inter” himoyachisi Nemanya Vidich joriy yilda salomatligidagi muammolar tufayli maydonga qaytmasligi mumkin.
Iyul oyida 33 yoshli futbolchi churrasini davolatgan edi, biroq bu davolash amaliyoti kutilgan natijani bermagan. 5 avgustda Vidich operatsiya qilinadigan bo‘ldi.
Serbiyalik futbolchi 4-6 oydan keyin yana safga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.
Ma'lumot uchun, Vidich o‘tgan yozda “Inter” safiga erkin agent safida o‘tgan edi.