Sport | 16:55 / 05.08.2015
5666
1 daqiqa o‘qiladi

Sharhlovchi Guberniyevning xatosida Xalqaro suzish federatsiyasi aybdor bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonlik sportchi Vladislav Mustafin rossiyalik sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyevning efir vaqtida yo‘l qo‘ygan xatosi yuzasidan izoh berdi.

Sportchining aytishicha, suzish bo‘yicha o‘tkazilayotgan chempionat vaqtida Guberniyev uni o‘zbekistonlik deb emas, belaruslik deb tanishtirganidan xabardor bo‘lmagan.

“Qiziq holat yuz beribdi. Ma'lum bo‘lishicha, FINA (Xalqaro suzish federatsiyasi) ro‘yxatida mening ism-sharifim Belarus nomidan yozilib qolgan. Shu boisdan sharhlovchi Dmitriy Guberniyev meni shunday tanishtirgan. Albatta, musobaqaga kirishganimda men buni sezmadim. Menga musobaqadan so‘ng aytishdi. Hozirda mazkur holatni bosh murabbiyimiz aniqlashtirmoqda”, - dedi Mustafin.

Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan mazkur musobaqada Mustafin yarim finalgacha yetib keldi, biroq final bahsiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish