14:32 / 05.08.2015
4295

Xalqaro savdo markazi hududida politsiya 2001 yil 11 sentabridan buyon birinchi marta farzand tug‘ilishiga ko‘maklashdi

Nyu-Yorkdagi Xalqaro savdo markaziga yaqin hududda joylashgan tezkor yer osti temir yo‘li stansiyasida mahalliy politsiya tug‘ruq qabul qildi. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.
Seshanba kuni homilador ayol eri va ikki yashar o‘g‘li bilan tug‘ruqxonaga ketayotgan edi. Ammo u tug‘ruqxonaga yetib bora olmadi. Onaning ko‘zi yorishiga politsiya zobiti Brayan Makgro yordam berdi.
Yangi tug‘ilgan Arsenat Abdraboning vazni 3.1 kg ni tashkil qildi. Uni onasi bilan birga klinikaga yuborishdi.
Nyu-York shtati hokimi Endryu Kuomo Tvitterdagi sahifasi orqali onani tabrikladi. Shuningdek, u Abdrabo 2001 yilning 11 sentabridan buyon Xalqaro savdo markazi hududida tug‘ilgan birinchi bola ekanligini ta'kidladi.

Top