09:25 / 05.08.2015
3229

Xerardo Martino: Messining o‘rnida bo‘lganimda allaqachon terma jamoani tark etardim

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xerardo Martino Lionel Messi o‘ziga bildirilayotgan e'tirozlar tufayli terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga to‘la haqli ekani haqida aytib o‘tdi.

"Messining Argentina terma jamoasi safida o‘rtoqlik uchrashuvlarida o‘ynamasligi haqida menga hech kim ko‘rsatma bermadi. Uning o‘zi ham, federatsiya rahbari ham bu haqida menga indamagan.
Uning terma jamoa safidan ketishini istab, tanqid qiluvchilarni futbolni tushunmaydiganlar toifasi deb bilaman.
Messi terma jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlardan xafa bo‘laman. Lekin buni to‘g‘ri tushunish kerak. Agar men Messining o‘rnida bo‘lganimda, bunday munosabat tufayli allaqachon terma jamoa uchun o‘ynashni bas qilgan bo‘lardim", deydi Martino Fox Sports nashriga bergan intervyusida.

Top