Jahon | 22:22 / 05.08.2015
2628
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada issiq harorat tufayli bir kunda 5 kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar shifoxonaga yotqazildi

Yaponiyada issiq harorat tufayli issiq urishdan 5 kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar shifoxonaga yotqazildi. Ulardan 7 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.

Shifoxonaga yotqazilganlardan aksariyat qismini issiq haroratni ko‘tara olmaydigan katta yoshdagi odamlar tashkil qilmoqda. Jami iyul oyi boshidan beri Yaponiyada issiq urishdan 30 ga yaqin odam halok bo‘lgan, qariyb 20 ming kishi shifoxonaga yotqazilgan.

Issiq harorat butun Yaponiya bo‘ylab kuzatilmoqda. Fukusima prefekturasi va markaziy Gummada havo harorati 39,8 darajagacha ko‘tarildi. Xokkaydo orolining shimoliy qismida o‘rtacha kunduzgi havo harorati 33-35 gradusni tashkil qilmoqda. Tokioda 1875 yildan olib borilgan kuzatishlar davridagi rekord darajadagi issiq harorat kuzatilmoqda – Yaponiya poytaxtida 6 kundan beri kunduzgi havo harorati 35 gradusdan pastlamayapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish