20:16 / 05.08.2015
8577

Yo‘l qurilishiga xalaqit berayotgan Audi avtomobilini o‘z joyida qoldirishga “qaror qilindi”

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Moskvaning markazidagi Kuznetskiy most ko‘chasiga qo‘yilgan va yo‘lni ta'mirlayotgan ishchilarga xalaqit qilgan oq rangli Audi avtomobiliga e'tiborlarini qaratdilar. Ishchilar mashinani boshqa joyga oldirib qo‘yish o‘rniga, uni barcha tomondan qazib chiqib, uni asfaltdan iborat kichkina “orolcha”da qoldirishga qaror qilishdi.
Ushbu vaziyat guvohlari mashinaning surati, videosini olib, ijtimoiy tarmoqlarda chop etishga tushib ketishdi.
Ko‘pchilik foydalanuvchilar avtomobil egasiga rahmlari kelgan holda Rossiyadagi “ma'nosiz va ayanchsiz” yo‘l ta'mirlashlar ustidan shikoyat qilishdi.

Top