Jahon | 18:52 / 05.08.2015
2166
1 daqiqa o‘qiladi

Yopilayotgan BaltInfo xodimlari LifeNews’ga o‘tadi

Yopilayotgan BaltInfo axborot agentligi xodimlari LifeNews resursining Peterburg bo‘linmasiga ishga o‘tadi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

“Ayni paytda agentlik faoliyatini to‘xtatdi, tahririyat ham, axborot portali ham bo‘lmaydi”, – dedi News Media xo‘jayini Aram Gabrelyanov.

Ayni kunlarda LifeNews’ning Life News Sankt-Peterburg deb ataladigan alohida bo‘linmasi tashkil etilmoqda. Yangi struktura tahririyat va internet portaldan iborat bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish