Sport | 02:58 / 06.08.2015
3651
2 daqiqa o‘qiladi

“Bavariya” “Audi Cup” musobaqasining finalida “Real” ustidan g‘alaba qozondi, “Tottenxem” 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

5 avgust kuni Myunxenda “Audi Cup” o‘rtoqlik musobaqasining finali bo‘lib o‘tdi. Finalda “Bavariya” va “Real” jamoalari uchrashdi. 

“Bavariya” butun uchrashuv davomida tashabbusga, ko‘proq xavfli imkoniyatlarga ega bo‘ldi va o‘z raqibiga haqiqatda xavfli vaziyat hosil qilishga imkon bermadi. Shu bilan birga Xosep Gvardiola jamoasi o‘yinning 88-daqiqasidagina hujumchi Robert Levandovskiyning faol harakati evaziga “Real” darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu to‘p o‘yindagi yagona to‘p bo‘ldi va myunxenliklar bosh sovrinni qo‘lga kiritdilar.

Shuningdek, shu kuni avvalroq  musobaqaning 3-o‘rini uchun “Tottenxem” va “Milan” bellashdi. Bu bahsda londonliklarning qo‘li baland keldi. Ular “Milan”ni 2:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Uchrashuvning 8-laqiqasida Nosir Shodli “Tottenxem”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 2-taym o‘rtalarida Tom Kerroll milanliklar darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritdi.

“Tottenxem” shu tariqa musobaqaning 3-o‘rinini qo‘lga kiritdi.

Audi Cup. Final

Real Madrid (Madrid, Ispaniya) – Bavariya (Myunxen, Germaniya) – 0:1

Gol: Levandovski, 88 (0:1).

Ogohlantirishlar: Marselo, 33; Ramos, 71 – Alonso, 36; Benatia, 50.

Audi Cup. 3-o‘rin uchun uchrashuv 

Tottenxem Xotspur (London, Angliya) – Milan (Milan, Italiya) – 2:0

Gollar: Shodli, 8 (1:0); Kerroll, 71 (2:0).