00:27 / 06.08.2015
6686

“IShID” Angela Merkelga tahdid qilgan videoni chop etdi

“IShID” terrorchilik tashkiloti jangarilari Germaniya va Avstriyada teraktlar uyushtirish niyatidaligi hamda Germaniya kansleri Angela Merkelga tahdid qilgan videoyozuvni chop etdi, deb yozmoqda Die Welt nashri.

O‘zining tahdidlarini tasdiqlash maqsadida jangarilar ikki nafar asirni qatl etdi. Qatl “IShID” tomonidan bosib olingan Palmira shahrida amalga oshirildi.

Qayd etilishicha, jangarilar videoda nemis tilida marojaat qilganlar. Xabarda aytilishicha, ushbu video jangarilar orasida ko‘plab germaniyalik va avstriyalik fuqarolar borligini tasdiqlaydi.

Top