Jahon | 16:25 / 06.08.2015
2121
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yili Rossiyada xitoy tili bo‘yicha davlat imtihoni joriy qilinishi mumkin

2016 yili Rossiya ta'lim nazorati boshqarmasi (Rosobrnadzor) mamlakat mintaqalarida xitoy tili bo‘yicha tajriba tarzida yagona davlat imtixonlari o‘tkazishi mumkin. Bu haqda idoraning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlab xitoy tili bo‘yicha tajribaviy imtihon 2015 yilning o‘zidayoq o‘tkazilish kutilayotgan edi, ammo tashkiliy sabablarga ko‘ra bu keyingi yilga qoldirildi.

Ayni paytda idora oliygohlar mutaxassislari bilan muhokamalar o‘tkazib, yangi imtihon modelini ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish