Jahon | 18:09 / 06.08.2015
2606
2 daqiqa o‘qiladi

Amazon rahbari aksiyalarini sotish orqali 3 kun ichida 0.5 mlrd dollar ishladi

Amazon asoschisi va bosh direktori Jyeff Bezos 3 kun ichida 531 mln dollar ishladi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Bezos o‘ziga tegishli qimmatbaho qog‘ozlarning bir qismini kompaniya aksiyalar narxlari cho‘qqiga chiqqan paytda sotgan. Aktsiyalar narxi 529-539 dollarni tashkil qilgan. Savdolar avgust boshida boshlanib, bir hafta davom etdi.

Kompaniya bosh direktori har yili o‘z aksiyalarining bir qismini sotadi. Ammo bu safar u olgan daromad rekord natijani qayd qildi. Bu Amazon aksiyalarining tez sur'atlar bilan o‘sishiga bog‘liq. Yil o‘rtasidan buyon kompaniya aksiyalari 73 foizga qimmatlashdi.

Bezos Forbes jurnali tomonidan e'lon qilingan 2015 yilda IT sohasining eng boy odamlari ro‘yxatida 3-o‘rinni oldi. Uning 48 mlrd dollarlik kapitalining 90 foizi Amazon aksiyalaridan iborat. Kompaniya 2015 yil iyulida kutilmaganda ulkan o‘sish namoyish qildi, Bezosning boyligi yil boshidan buyon 13 mlrd dollarga ko‘paydi. Undan oldingi pozitsiyalar Bill Geyts Oracle asoschisi Larri Ellisonlarga tegishli.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish