02:32 / 06.08.2015
2433

AQSh velopoygachi Lens Armstrongning kasallik tarixi bilan tanishib chiqish uchun ruxsat berilishini talab qilmoqda

AQSh hukumati amerikalik velopoygachi Lens Armstrongning kasallik tarixi bilan tanishib chiqish uchun ruxsat berilishini talab qilmoqda, deb xabar bermoqda Washingtonpost nashri.

Sportchi 2012 yilda doping qo‘llagani uchun musobaqalardan chetlatilgan va 1998 yildan beri qo‘lga kiritgan barcha unvonlaridan mahrum etilgan edi.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Armstrongdan homiylar uning jamoasiga to‘lagan 100 mln dollar sud orqali qaytarib olinmoqchi.

Biroq sportchining advokatlari Armstrongning kasallik tarixidan foydalanish uning shaxsiy hayotiga aralashish bo‘lishini ta'kidlashmoqda.

Top