Texnologiya | 18:51 / 06.08.2015
2480
2 daqiqa o‘qiladi

Beeline’ning 2015 yilning II choragidagi operatsion daromadi 442 mlrd so‘mni tashkil qildi

2015 yilning II chorak natijalari bo‘yicha Beeline mijozlari bazasi 10,3 milion kishini tashkil etdi.

6 avgust kuni eng yirik telekommunikatsiya xizmatlarining xalqaro provayderlaridan biri VimpelCom Ltd (Beeline savdo belgisi) 2015 yilning II choragi uchun o‘zining moliyaviy va operatsion natijalarini e'lon qildi.

Shu davr natijalari bo‘yicha Beeline abonentlari soni davr natijalari bo‘yicha 10,3 million kishi darajasida saqlanib qoldi. Bir oyda bitta mobil aloqasi abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob – 12 819 so‘m, yanvar-mart oylariga nisbatan 10% ko‘p. Bunda, MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar ko‘rsatkichi) – bir yil avvalgi 491 daqiqaga nisbatan 553 daqiqani tashkil etdi va chorak mobaynida 12,6% tashkil qildi.

Respublika mobil aloqasi yetakchisining sof operatsion daromadi aprel-iyun oylarida 442 milliard so‘mni tashkil etdi.

“Abonentlar ishonchini saqlab qolganimiz, birinchi yarimyillikning asosiy natijasi deb hisoblayman, – deydi II chorak natijalarini sharhlar ekan, Unitel MChJ bosh direktori Vladimir Petrov. – Shubhasiz, bu butun Beeline guruhining ham texnik rivojlanish qismi, ham mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan mehnat natijasida erishiladi. Yangi moslamalarni harid qilish uchun sarmoyalarni yo‘naltirishda davom etmoqdamiz, ayni paytda kompaniya tarmoq kengayishining navbatdagi bosqichining faol davridadir. Bundan tashqari, yashil texnologiyalar va quvvatning alternativ manbalaridan foydalanishni joriy qilish bo‘yicha rejalarni amalga oshirmoqdamiz, bu haqida batafsil yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish