Jahon | 07:01 / 06.08.2015
2836
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik ayol o‘zining 101 yoshini tankni boshqarish bilan nishonladi

Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi Xilda Jyekson o‘zining 101 yoshlik tavallud ayomini FV432 tankini boshqarish bilan nishonladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Sobiq hamshira o‘z orzusini Janubiy Uelsdagi tank maktabida ro‘yobga chiqardi. Ayolning 72 yoshli qizi Margaret Ostinning aytishicha, uning onasi bu orzusini bir necha yildan beri amalga oshirmoqchi bo‘lib yurgan. Keksa ayolni bu niyatidan hattoki sog‘lig‘idagi muammolar ham qaytara olmagan.

Jyekson haydovchilikka qiziqadi. 1950-yillarda u o‘zining avstraliyalik qarindoshlari bilan Yevropa bo‘ylab 5 oylik avtosayohat amalga oshirgan.

Tank maktabi egasi Alister Skott ayol ularning eng keksa mijozlari bo‘lganini aytdi. “U bizning yuraklarimizni va hayratimizni egalladi”, deb aytdi Skott.

Avvalroq ekstremal sport ixlosmandi 101 yoshida yangi rekord o‘rnatgani ma'lum qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish