14:41 / 06.08.2015
2641

YeXHTning Donetskdagi shtab-kvartirasi oldida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

YeXHTning Donetskdagi shtab-kvartirasi oldida bir necha yuz kishi norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda. Bu haqda Donetsk yangiliklar agentligi axborot berdi.
Aytilishicha, namoyishchilar kuzatuvchilarning Donbassdagi noxolis faoliyatidan norozi. Ularning qo‘lidagi plakatlarda “Sizning sukunatingiz bolalarni o‘ldirmoqda” deb yozilmoqda. Shtab-kvartira oldida qizil bo‘yoq chaplangan o‘yinchoqlar tashlab ketilmoqda.

Top