Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada BMW konserni egalaridan biri Yoxanna Kvandt 89 yoshida vafot etdi
BMW avtokonserni egalaridan biri Yoxanna Kvandt Germaniyada 3 avgustda 89 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle nashri.
Nemis tadbirkor-milliarderi Gerbert Kvandtning bevasi bo‘lgan ayol BMW AG avtokonsernining 16,7 foiz aksiyasiga ega bo‘lib, kompaniyaning eng yirik aksioneri hisoblangan. Kvandt oilasining (ayolning ikki o‘g‘li bilan birgalikdagi) konserndagi ulushi 47 foizga yaqinni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, Yoxanna Kvandtga tegishli aksiyalar paketi oilada qoldiriladi.
Boyligi 30 mlrd dollarga baholanuvchi Kvandt oilasi Germaniyaning eng boy oilalaridan hisoblanadi. Bu oilaga, shuningdek, Altana konserni, SGL Carbon va Nordex firmalari aksiyalari tegishli.