Jahon | 09:51 / 06.08.2015
2959
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml Fransiya “Mistral”lar pulini qaytarganini tasdiqladi

Rossiya va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin va Fransua Olland “Mistral”lar qurilishi va yetkazilishi bo‘yicha shartnomani to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu boradagi telefon muloqoti haqida Kreml matbuot xizmati ma'lumot berdi.

Ekspertlar o‘rtasidagi bahs-munozaralardan so‘ng Fransiya avansni, shuningdek, Rossiyaga tegishli asbob-uskuna va jihozlarni qaytarishi haqida kelishuvga erishilgani Kreml tomonidan tasdiqlandi. Ta'kidlanishicha, Fransiya kerakli mablag‘ni Rossiyaning tegishli hisoblariga o‘tkazib bo‘ldi va jihozlar qaytarilganidan so‘ng kemalarga to‘la egalik qilish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ushbu ma'lumotlar Yelisey saroyi tomonidan ham tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, “Mistral” toifasidagi ikkita vertolyot tashuvchi kemalarni qurish va yetkazish borasidagi 1.12 mlrd yevrolik shartnoma 2011 yil iyunida imzolangan edi. Ammo Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy qilinishi munosabati bilan Fransiya ushbu shartnomani bir tomonlama to‘xtatishga qaror qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish