Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev Xavfsizlik kengashi sanksiyasisiz IShIDning Iroq va Suriyadagi bazalarining bombardimon qilinishiga e'tiroz bildirdi
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning IShID guruhining Iroq va Suriya hududida joylashgan bazalariga aviazarbalar berish bo‘yicha harbiy amaliyotlari BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyasisiz amalga oshirilayotgani ularning qonuniyligini shubha ostiga qo‘yadi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Misrning Al-Ahram gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Tushunamiz, bu Iroq hukumatining iltimosiga ko‘ra amalga oshirilmoqda; shu bilan birga, koalitsiya BMT XKning tasdig‘isiz tuzildi va Suriya hududida ushbu mamlakat hukumatining roziligisiz harakat qilmoqda”, – dedi Medvedev.
“Bu koalitsiya xatti-harakatlarining qonuniyligini shubha ostiga qo‘ymoqda”, – qo‘shimcha qildi Rossiya yetakchisi.