Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 18:42 / 06.08.2015
3822
1 daqiqa o‘qiladi
Moskva yaqinidagi kimyo zavodida portlash sodir bo‘lishi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi
Moskva yaqinidagi Shelkove shaharchasi hududidagi xususiy kimyo korxonasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda hudud politsiyasiga asoslangan holda TASS nashri xabar berdi.
"Portlash kimyoviy qadoqlash xonasida ro‘y bergan. Falokat natijasida 2 kishi halok bo‘lib, biri jarohatlangan", deb ma'lum qildi politsiya vakili.
Ayni vaqtda jarohatlangan ishchi shifoxonaga yetkazilgan va uning ahvoli barqarorligi aytilgan.
Ayni vaqtda hududda qutqaruv va tergov guruhlari ish olib borishmoqda.