02:11 / 06.08.2015
7667

Obama AQSh Sobiq ittifoq bilan “sovuq urush”ni birorta o‘q uzishsiz yutganini e'lon qildi

AQSh prezidenti Barak Obama Sobiq ittifoqqa qarshi “sovuq urush”ni AQSh yutib chiqqanini e'lon qildi. Obama bu haqda Vashingtondagi Amerika institutidagi nutqi davomida aytdi.

Obamaning aytishicha, AQSh hukumati Sobiq ittifoq ustidan “birorta o‘q uzishsiz” g‘alaba qozonishga erishgan.

“Dunyo yadro falokatidan qutulib qoldi va biz SSSR tomonga birorta o‘q uzmasdan “sovuq urush”ni yutish uchun vaqt va hudud yaratdik”, deb aytdi Obama.

Obamaning aytishicha, bu g‘alabaga Sobiq ittifoq bilan qurollanish ustidan nazorat o‘rnatish haqidagi kelishuv evaziga erishilgan.

Top