Jahon | 03:12 / 06.08.2015
2604
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Eron bilan kelishuvning qabul qilinmasligi Tehronning yadroviy dasturini tezlatib yuborishidan ogohlantirmoqda

AQSh prezidenti Barak Obama AQSh qonunchilari tomonidan Eron bilan kelishuvning qabul qilinmasligi Tehronning yadroviy dasturini tezlatib yuborishidan ogohlantirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu  haqda Obama Vashingtondagi Amerika universiteti talabalari oldida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Obamaning fikricha, agar kelishuv qabul qilinmasa Eronda o‘z yadroviy dasturini tugallash uchun ko‘proq imkoniyatlar bo‘ladi.

Avvalroq Respublikachilar partiyasidan kongressmen Piter Roskem respublikachilarda Eron bilan kelishuvni tasdiqlashga qarshi ovoz berish uchun yetarlicha ovozlar borligini ma'lum qilgandi. Roskem, shuningdek, amerikalik qonunchilar Eron bilan kelishuvning xavfliligini anglab yeta boshlaganlarini ta'kidlab o‘tgan.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish