21:26 / 06.08.2015
3848

O‘zbekistonda “Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin!” shiori ostida ijtimoiy aksiya boshlanadi

O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan shu yilning 10 avgust sanasidan butun mamlakat bo‘ylab “Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin” shiori ostida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar boshlanadi.

An'anaga muvofiq, mazkur tadbir ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari, tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalarining yetakchi olimu shifokorlari ishtirokida o‘tkaziladi. Aktsiya doirasida urush va mehnat faxriylari hamda keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haftaligi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu yirik ijtimoiy tadbirni tashkil etishdan maqsad aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan birga sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarda sog‘lom oila qurishga intilish hissini kuchaytirish, turli xastaliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishdir.

Top