17:11 / 06.08.2015
2052

"O‘zmetkombinat" va Estoniyaning "Skinest Rail" kompaniyasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan bayon imzolandi

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati o‘zining quyish ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda uz24.uz nashrida yozilgan.

2019 yilning oxiriga qadar ushbu loyihani amalga oshirish hamda metall quyish unumdorligini ikki barobarga ko‘paytirish (3200 tonnagacha) ko‘zda tutilgan. Uning umumiy qiymati 4 million AQSh dollariga baholanmoqda.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun qator xorijiy kompaniyalarni jalb etish ko‘zda tutilgan. Ushbu masala yuzasidan “O‘zmetkombinat” AJ va Estoniyaning “Skinest Rail” kompaniyasi vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida “Quyish ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasi bo‘yicha texnologiyalarni ishlab chiqish va texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida “O‘zmetkombinat” AJ investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida kelgusida ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan bayon imzolandi.

Xabar qilinishicha, “O‘zmetkombinat” AJ bugungi kunda yiliga 1500 tonna mahsulot ishlab chiqaradi.

Top