Jamiyat | 18:06 / 06.08.2015
3346
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada bolalar bilan ishlash bo‘yicha ilmiy-metodik markaz tashkil etiladi

Rossiya ta'lim va fan vazirligi o‘zining qaramog‘idagi to‘rtta tashkilot negizida ko‘p ixtisosli “Bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish” markazini tashkil etadi. Tashkilotlarni birlashtirish haqidagi buyruq 2015 yilning 21 iyulida imzolangan edi. Vazirlik matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ayni paytda tashkilotlarni birlashtirish va markazni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni ketmoqda.

Birlashgan markazdan ko‘zlangan asosiy maqsad ilgarigi tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning amaliyotidagi eng ilg‘or tajribani birlashtirib, ta'lim tizimi va bolalar bilan ishlash jarayoniga joriy qilishdir.
Birlashgan strukturani Vladimir Zaretskiy boshqaradi. Ilgari u bolalar va yoshlarda additiv fe'l-atvor profiklatikasi sohasida mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori edi.

Markaz amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boradi va soha mutaxassislarining malakasini muntazam ravishda oshirib borish bilan shug‘ullanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish