Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar O‘zbekistonning Eron va Pokistondagi yangi elchilari nomini tasdiqladi
O‘zbekiston parlamentining yuqori palatasi O‘zbekistonning Erondagi va Pokistondagi yangi elchilari nomini tasdiqladi.
Oldinroq, joriy yilning may oyida O‘zbekistonning Eron va Pokistondagi elchilari o‘rni bo‘sh qolgani haqida xabar tarqalgandi.
O‘zbekistonning Erondagi elchisi sifatida uzoq vaqt Ilhom Akramov ishlab kelgandi. O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi sifatida esa 2012 yildan Parviz Aliyev faoliyat yuritgandi.
Qayd etib o‘tish joiz, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligidagi O‘zbekiston elchisi lavozimi ham hozircha bo‘sh qolmoqda.