Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘rovnoma: Rossiyani hammadan ko‘proq AQSh, Polsha va Iordaniya aholisi yoqtirmaydi
Jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi Amerikaning Pew Research Center markazi 40ta mamlakatda olib borgan so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSh va uning prezidenti Barak Obama Rossiya va prezident Vladimir Putinga qaraganda mashhurroq deb topildi.
Olib borilgan tekshirishlarda 45 ming nafarga yaqin odamlar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarning 30 foizi Rossiya uchun ijobiy javob berishgan bo‘lsa, eng ko‘p Polsha va Iordaniya hududida Putinga qarshi ovozlar yig‘ilgan.
Venesuelaning Rossiya bilan aloqalari yaxshiroq bo‘lib 51 foiz ishtirokchi ruslarni qo‘llab-quvvatlagan. Turkiyada bu ko‘rsatkich 15 foizni tashkil qilgan. AQSh fuqarolarining 67 foizi esa Rossiyaning qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan.