Jamiyat | 01:20 / 06.08.2015
3598
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ikki qallob o‘ljasiga dollar olib berishni va'da qilib, qariyb 1.5 mln so‘mni o‘g‘irlab ketishdi

Bektemirda ikki qallob o‘ljasiga dollar olib berishni va'da qilib, qariyb 1.5 mln so‘mni o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, Shohrux Zuhurov va Ahad Avazovlar joriy yilning 14 fevral kuni Qo‘yliqda Sulton ismli kishi bilan tanishib, unga 1.3 mln so‘m evaziga 350 dollar olib berishni va'da qilishgan. Bunda ular avtosalonda tanishlari borligi va u albatta pulni ayirbosh qilib berishiga ishontirishgan.
Uchovlon taksida “Rohat” avtosaloniga borishgan. So‘ng qalloblar turli bahonalar bilan har tarafga qochib ketishgan. Yolg‘iz qolib, aldanganini tushungan “o‘lja” ularning ustidan tegishli tashkilotlarga arz qilgan.
Jinoyatchilar topilib, jazoga tortildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish