Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada rossiyalik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus avtohalokatga uchradi
Turkiyada rossiyalik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus avtohalokatga uchradi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN Türk telekanali xabar berdi.
Avtobus Pamukkaledan Antaliyaga ketayotgan bo‘lgan.
Avtobusda bo‘lgan rus ayolining aytishicha, haydovchi ho‘l yo‘lda boshqaruvni qo‘ldan chiqargan va avtobus ag‘darilib ketgan. Faqatgina haydovchining xatti-harakatlari evaziga avtobus yo‘l yoqasidagi jarlikka tushib ketmagan.
“Biz avtobus oynasidan chiqib ketdik, ko‘plab halok bo‘lganlar bor. Hozir tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deb aytdi guvohlardan biri “Rossiya 24” telekanali efirida.