Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanning Adan aeroportiga 4 oydan buyon birinchi yo‘lovchi samolyoti kelib qo‘ndi
Yamanning ikkinchi yirik shahri Adanda joylashgan xalqaro aeroporti 4 oydan buyon birinchi marta yo‘lovchi samolyotini qabul qildi. Bu haqda Al Arabiya kanali xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu samolyot Jibutidan yo‘lga chiqqan. Uning bortida yamanlik qochqinlar bor edi. Ular xusiylarning “Ansorulloh” harakati tomonidan shahar nazorat ostiga olinganidan so‘ng mamlakatni tark etishga majbur bo‘lishgan edi.
Aeroport ma'muriyatining ma'lum qilishicha, yaqin kunlarda Adanga Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi hamda “Chegarasiz shifokorlar” gumanitar tashkiloti samolyotlari ham kelib tushadi.
Ayni paytda aeroport faqat kichik samolyotlarni qabul qilishi mumkin. Yirikroq samolyotlarni qabul qilishga tayyorgarlik ishlari 20 kundan so‘ng yakunlanadi.