10:44 / 06.08.2015
2531

Yangi Zelandiya tashqi ishlar vaziri hozircha Kiyevga bormasligini aytdi

Yangi Zelandiya tashqi siyosiy idorasi rahbari Myurrey Makkalli, garchi Ukraina rahbariyatidan taklif olgan bo‘lsa-da, hozircha ushbu mamlakatga tashrif buyurishni rejalashtirmayapti. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Ilgariroq Ukraina TIV yetakchisi Pavel Klimkin Makkallini mamlakatga da'vat etgani ma'lum qilingan edi.
“Men taklifni oldim. Ammo ayni paytda u yerga borish bo‘yicha konkret rejalarim yo‘q”, – dedi Makkalli jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

Top