Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Zenit” stadioni qurilishida Rossiya Federal migratsiya xizmati tomonidan 59 ishchi ushlandi
Rossiya Federal migratsiya xizmati Krestovsk orolida qurilayotgan “Zenit” jamoasi stadioni qurilishida rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazdi. Tekshiruv natijasida 59 kishi ushlandi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.
Ushlanganlar migratsiya nazoratini tashkil qilish bo‘limiga yetkazildilar. Ulardan 36 nafari qonunning mehnat faoliyati moddasi bo‘yicha qoidabuzarliklarni buzganlar, 22 nafarida tibbiy sug‘urtalar bo‘lmagan. Ushlanganlardan birida qalbaki patent aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan hujjatlar politsiyaga jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun yuboriladi.
Tekshiruv doirasida 200 nafar ishchining hujjatlari migratsion qoidalarga muvofiqlikka tekshirildi. Mas'ul muassasalarda qayd etilishicha, tekshiruv ostiga MDH davlatlari va Serbiya fuqarolari tushganlar.